"Yoshlar kamoli-yurt iqboli" shiori ostida “Yangi O'zbekiston yoshlari-yurtning buguni va kelajagi”
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligining 2023 yili 14 sentyabrdagi 171-sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonasining "O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosini ta`minlash to`g`risida" 2023 yil 18 sentyabrdagi 54-sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida, joriy yilning 13 dekabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari hamda "Temuriy izdoshlari" harbiy maktabi tomonidan "Yangi O'zbekiston yoshlari-yurtning buguni va kelajagi" mavzusi yuzasidan yosh bo'lib o'z sohasida yutuqlarga erishgan yosh kadrlardan biri bo'lgan, 19 yildan buyon sohasida fidokorona faoliyat olib borayotgan Zomin tuman Ichki Ishlar Boshqarmasi boshliĝi òrinbosari Azimov Azizbek Nurulloyevich bilan davra suhbati òtkazildi. Davra suhbatida mamlakatda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilinishi, yosh avlodga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida ko'plab ishlar amalga oshirilayotganligi va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda rivojlantirilib, izchil islohotlar olib borilayotganligi haqida suhbat bo'ldi. Davra suhbatida kitobxonlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.