"Kompyuter savodxonligi" mavzusida mahorat darsi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 apreldagi "Ichki turizm xizmatlarini deversifikatsiya qilishga oid qòshimcha chora-tadbirlar tòĝrisida"gi PQ-232- son qarorining 16- bandi hamda qarorning birinchi ilovasi, 3- bandi ijrosini ta'minlash, shuningdek, Vazirlar mahkamasining 2023 yil 16 - dekabrdagi 225- sonli yiĝilish bayonining 6- bandiga asosan 2024 yil yanvar oyining birinchi òn kunligi "Yoshlar turizmi xaftaligi"ni tashkil etish maqsadida Jizzax viloyati Zomin tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmat rahbari I. Sodiyeva hamda Zomin tuman Abu Ali ibn Sino nomli jamoat salomatligi texnikumida Hamshiralik ishi fani oʼqituvchisi "Anatomiya Fiziologiya Gistologiya" kafedrasi mudiri Nigora Abdullayeva tomonidan "Kompyuter savodxonligi" mavzusida Abu Ali ibn Sino jamoat salomatligi texnikumi o'qituvchi hamda talabalariga mahorat darsi bo'lib o'tdi. Mahorat darsida raqamli taʼlim resurslari dasturiy taʼminotlarning ahamiyati, RTR ishlab chiqishning instrumental vositalari, raqamli kontent tushunchasi, raqamli kontentni yaratish va professional taʼlim muassasalarida raqamli taʼlim resursini yaratish mavzusida tayyorlangan metodik qoʼllanma taqdim etildi.
Mahorat darsini tashkil qilishdan asosiy maqsad oʼquv jarayonida elektron darsliklar va raqamli taʼlim resurslari bilan boyitish hamda taʼlim jarayonlarini raqamli vositalar orqali olib borish.
https://telegra.ph/Kompyuter-savodxonligi-mahorat-darsi-01-06