"Kitobxonlar ma'naviy - ma'rifiy sayohatda"
#Sayohat_2026
Joriy yilning 21- yanvar sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markaziga "Kitobxonlar ma'naviy - ma'rifiy sayohatda" nomli ekskursiya tashkil etildi. Sayohat davomida faol kitobxon keksalarimiz kutubxona faoliyati, mavjud adabiyotlar fondi, sport va sog'lom turmush tarziga oid kitoblar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek keksa kitobxonlarimiz kitob mutolaasining inson tafakkuri va shaxsiy rivojlanishdagi oʻrni haqida yosh kitobxonlarga tushunchalar berishdi.Tadbir keksa kitobxonlarda kitobxonlik madaniyatini oshirish,bilim olishga boʻlgan qiziqishni oshirish hamda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.Sayohat qiziqarli savol-javoblar bilan yakunlandi va ishtirokchilar kutubxona faoliyatiga yuqori baho berishdi.