"Keling kitob o'qiymiz"
#kitoblar_koʻrgazm#Sayohat_2026
Joriy yilning 19-yanvar sanasida 14-umumiy o'rta ta'lim maktabining 7-sinf o'quvchilari tomonidan Zomin tuman axborot-kutubxona markaziga "Keling kitob o'qiymiz" nomli sayohat tashkil qildi. Sayohat davomida o'quvchilarga kutubxona faoliyati, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar, kitob fondi, yangi adabiyotlar hamda elektron resuslardan foydalanish tartibi haqida batafsil ma'lumot berildi. Sayohatda 22 nafar o'quvchi ishtirok etdi.