"Jasorat - millat g'ururi va iftixori" mavzusida tadbir
#Zomin_tumani#tadbirlar_2026
Vatan ! Bu soʻz inson tug'ilibdiki barchaning qalbidan oʻchmas joy egallaydi.Vatanimizning tinchligi osoyishtaligini taʼminlashda kecha-yu kunduz xizmat qilib kelayotgan Vatan himoyachilarining ham oʻrni beqiyos.Yurtimizda har yili 14- yanvar "Vatan himoyachilari kuni" keng nishonlanib kelinmoqda. Shu munosabat bilan bugun Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari va Bolalar va musiqa sa'nat maktabining hamkorligida "Jasorat - millat g'ururi va iftixori" mavzusida tadbir tashkil qilindi.Tadbirda faol kitobxon oʻquvchilar ishtirokida turli ko'rinishlar, qiziqarli shartlar, bolajonlar tayyorlab kelgan she'rlari va goʻzal raqslaridan namoyishlar taqdim qilindi. Shu bilan birga rasmlar tanlovi ham oʻtkazilib, tadbir ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.