"Jadidchilar -milliy uyg'onish fidoyilari"
#Jadidchilar_milliy_uygʻonish_fidoyilari
2026- yil 20- yanvar sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan uyushmagan yoshlar ishtirokida "Jadidchilar -milliy uyg'onish fidoyilari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda jadidchilik harakatining yirik vakillari Maxmudxo'ja Behbudiy , Abdulla Avloniy, Cho'lpon , Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonovlarning hayoti faoliyati va ma' rifat yo'lidagi jonkuyarliklari to'g'risida ma'lumotlar berildi. Tadbirning maqsadi -yoshlarni vatanparvarlik ,ma'rifat va milliy g'urur ruhida tarbiyalash jadidlar merosini asrab-avaylash va ularning ma'naviy merosini keng targ'ib etishdan iboratdir.