“Inson huquqlari oliy qadriyat”
2023-yil 7-dekabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi qabul qilinganligining 75-yilligi munosabati bilan “Inson huquqlari oliy qadriyat” mavzusida Mustaqillik maydonida targ'ibot tashkil etildi.
Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasiga asosan “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyani to‘liq ro‘yobga chiqarish, inson huquq va erkinliklari sohasidagi xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish, davlat organlari faoliyatiga tizimli va bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar haqida, O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasida zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarini samarali bajarishga qaratilgan Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiyasida belgilangan vazifalarning izchil amalga oshirilayotgani uning xalqaro maydondagi obro‘si yanada mustahkamlanishiga hamda mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklariga hurmat munosabati shakllanishiga xizmat qilishligi haqida ma'lumot berdi.
https://telegra.ph/Inson-huquqlari-oliy-qadriyat-12-07