“Zakovat” intellektual o‘yini
#Zakovat
2026-yil 21-yanvar sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bilan hamkorlikda “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Ushbu ma'naviy ma’rifiy tadbirda texnikumning "Yosh hamshiralar" jamoasi hamda axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan tuzilgan "Bilimdon kutubxonachilar" jamoalari o‘zaro bilim va tafakkur bellashuvida ishtirok etdilar.
O‘yin jarayoni qizg‘in bahs-munozaralar, kutilmagan burilishlar hamda yuqori darajadagi hissiyotlarga boy tarzda kechdi. Har bir jamoa o‘zining intellektual salohiyati va jamoaviy hamjihatligini namoyish etishga harakat qildi.
Tadbir yakunida aql-zakovati, topqirligi va faolligi bilan ikkala jamoa ham faol ishtirok etib do'stlik g'alaba qozondi va estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Mazkur tadbir ishtirokchilarga zavq bag‘ishlabgina qolmay, ularning bilim doirasini kengaytirish va tafakkurini charxlashga xizmat qildi.