Yil sarhisobi 2025 yil
🏛Joriy yilning 19-yanvar kuni Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazida tuman axborot-kutubxona markazlarining 2025-yil davomida kutubxona sohasida olib borgan faoliyati yuzasidan keng qamrovli tahlil yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
⏳ Tahlil jarayonida aholiga axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish sifati,kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar,yoshlar va keng jamoatchilik o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligi,zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish holati atroflicha muhokama qilindi.
📌 Tahlil natijalariga ko‘ra barcha tuman axborot-kutubxona markazlarida 2025-yil davomida kutubxona sohasida samarali va mas’uliyatli faoliyat olib borgani, axborot-kutubxona xizmatlarini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga samarali ishlar olib borilgani ta’kidlab o‘tildi.