Sog'lom turmush tarzini
Joriy yilning 21-yanvar sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 2020-yil 30-oktyabrdagi "Sog'lom turmush tarzini hayotga keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, "Men sog'lom turmush tarzi tarafdoriman...." ruknida sog'lom muhitni yaratishga qaratilgan sport tadbirlari tashkil qilinmoqda. Bugun 75-umum ta'lim maktabining 2-sinf o'quvchilari o'rtasida shaxmat va shashka musobaqasi tashkil qilindi. Murosasiz kechgan ushbu musobaqada barcha birdek faol qatnashishdi va yakunda gʻoliblar munosib taqdirlandilar.