"Qatagʻon qurbonlarini yod etib"
#kitoblar_koʻrgazmasi_2026
Joriy yilning 13-yanvar sanasida Zomin axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan jadidlar hayoti va ijodiga bagʻishlab, "Qatagʻon qurbonlarini yod etib" nomli kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi. Ushbu koʻrgazmaga kutubxonaga tashrif buyurgan faol kitobxonlar jalb etilib, xalqimiz boshidan kechirgan ogʻir sinovlar, tarix, xotira, Vatanparvarlik va insoniy qadriyatlarga hurmat tuygʻusini kuchaytirish maqsadida siyosiy qatagʻon qurbonlarini yod etish maqsadida koʻrgazma doirasida ijodiy suhbat oʻtkazildi va koʻrgazmaga qoʻyilgan kitoblarga tavsif berilib, oʻqish uchun tavsiya etildi.