Ko'chma kutubxona
Joriy yilning 15-yanvar sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 12-son bolalar musiqa va sa'nat maktabida joylashgan "Ko'zi ojizlar" maxsus kutubxonada tashkil qilingan ko'chma kutubxona kitoblari yangilandi. Ushbu kutubxonada "Qorg'on" MFYda istiqomad qiluvchi faol kitobxonlarimizga Pirimqul Qodirovning "Olmos kamar" romaniga "Bir roman haqida suhbat" mavzusida o'qish soati tashkil etildi.